Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkent tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Toshkent tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun 24-may kuni soat taxminan 08:00 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududidan o‘tgan 4R4 «Toshkent shahri-Keles-Qozoqkentsoy qishlog‘i» avtomobil yo‘lining 1-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lgan.

YTHga 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi R.R. ning «Toyota Prado» rusumli transport vositasini Keles-Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. «Toyota Prado» qarama-qarshi yo‘nalishda «Cobalt», «Damas» va «Spark» rusumli transport vositalari bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Toyota Prado» rusumli transport vositasi haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovchilar tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring