Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalaridagi tungi chiroqlarga yana cheklovlar kiritiladi

Toshkent ko‘chalaridagi tungi chiroqlarga yana cheklovlar kiritiladi

Bugun, 20-iyuldan boshlab,Toshkent shahrining ayrim markaziy ko‘chalari, tungi ko‘cha yoritish tizimida cheklov joriy qilinyapti.

«Toshshaharnur» DUK ma’muriyatiga ko‘ra, bunga O‘zbekiston hududida havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab bo‘lgan.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», – deyiladi rasmiy xabarda.

Ammo mazkur cheklovlar qaysi sanaga qadar davom etishiga aniqlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan qish mavsumida respublikada kuzatilgan anomal sovuq kunlarida ham elektr energiyasini tejash hamda aholi va muhim strategik obyektlarni elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida potaxt ko‘chalaridagi chiroqlarga vaqtinchalik cheklovlar kritilgan edi.

Ko‘cha chiroqlari yoqilishining «cheklash rejimi» 2022-yil 16 noyabrdan boshlanib 27 kun davom etgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring