Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent havosi yaxshilanadi, qachonki...

Toshkent havosi yaxshilanadi, qachonki...

foto: Xabar. uz

Toshkent havosi yaxshilanishi mumkinmi? Ha, mumkin!..

Bahor keldi, yashillik ko‘paydi, nisbiy namlik oshdi. Yashil biomassa transpiratsiyasi jadallashuvi, shuningdek, haroratga ham bog‘liq. Kunlar harorati barqaror ko‘tarilganda transpiratsiya barqaror tezlashadi. Shunga muvofiq, havodagi chang zarralarining (bizda asosan RM2.5 zarralari) cho‘kishi, bog‘lanishi va ayrim hollarda barglarga yutilishi ham tezlashadi.

Bu yerda bir muhim jihat bor. Daraxtlar qishki uyquga kirganda havodagi zang zarralari miqdori keskin oshib ketdi. Va e’tibor berilsa, ayni qish vaqti – dekabr va yanvar oylarida bu holat eng yuqori nuqtasiga yetdi. 2022 yil oktyabrida eng yomon natija qayd etilgan.  

Lekin, bundan havoning ifloslanishi mavsumiy degan xulosa chiqmasligi kerak. Havodagi chang zarralarining miqdori, aksariyat hollarda, yashil biomassaga bog‘liq. Toshkent shahridagi daraxtlarning ayovsiz kesilishi shu holatga olib kelindi. Kritik holatning nisbatan yaxshilanishi kunlar isishi va daraxtlar bargining to‘liq rivojlanishi (unga bog‘liq tarzda transpiratsiyaning oshishi)ga bog‘liq.

Yashil biomassa mavsumda mayda zarralarni «zararsizlantirib», keyin qishki mavsumga kirilar va unda changning xuruji kuzatilmasdi. Lekin, keyingi yillarda, yashil biomassaning kamayishi hisobiga avvalgi mavsumda to‘plangan hamma chang zarralari keyingisiga «o‘tkazib» yuborildi. Qishda chang miqdorining keskin oshishi shundan.

Lekin, hozirgi vaziyat bizni tashvishga solayotgan bu muammoning to‘liq yechimi bo‘la olmaydi. Nisbatan yirik bargli daraxtlar va yashil qoplamni ko‘paytirmay turib avvalgi holatga qaytish mushkul masala.

                                              Baxtiyor Abdug‘afur facebook sahifasidan olindi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring