Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportining terminal hududida qator cheklovlar joriy qilindi

Toshkent aeroportining terminal hududida qator cheklovlar joriy qilindi

Ayni kunlarda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni ta’minlash va odamlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida terminal hududida bir qator cheklovlar joriy etilgan.

Bu haqda «Uzbekistan airports» malum qildi.

Xabarda aytilishicha, avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo‘lak ajratilgan. Ushbu yo‘lakda yo‘lovchilarni tushirish 10 daqiqadan oshmasligi lozimligi, uzoqroq vaqt to‘xtash lozim bo‘lsa, avtoturargohgan foydalanish kerakligi eslatildi..

Shuningdek, rekonstruksiya ishlari munosabati bilan kuzatuvchilarning Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish zaliga kirishi vaqtincha cheklangan.

«Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlar hamrohligidagi shaxslarga terminal ichiga kirishga ruxsat etiladi. Ushbu shaxslar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari lozim», – deyiladi rasmiy axborotda.

Qayd etilishicha, asosiy uchib ketish terminali oldidagi birinchi qavat qurilishini o‘z ichiga olgan bosqich 2024-yil iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring