Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV 3 o‘zbekistonlik koronavirusda gumonlanib kasalxonaga yotqizilganini tasdiqladi

TIV 3 o‘zbekistonlik koronavirusda gumonlanib kasalxonaga yotqizilganini tasdiqladi

Foto:«Mos.ru»

Rossiyaning Nijnevartovsk shahrida o‘zbekistonlik uch fuqaro koronavirusda gumon qilinib tekshirilgani xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolarining koronavirus gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgani to‘g‘risida OAV xabarini tasdiqladi.

Novosibirsk-Tyumen aviareysida uchgan Xitoy fuqarosida koronavirus aniqlanganidan so‘ng ushbu reysning barcha yo‘lovchilari hamyurtlarimiz bilan kasalxonalarga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona yurtdoshlarimiz joylashtirilgan tibbiyot muassasasi bilan aloqa o‘rnatdi.

 «Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolarining ahvoli qoniqarli va koronavirus simptomlari kuzatilmayapti. Ularning analizlari Tyumen va Novosibirsk tibbiyot muassasalariga yuborilgan, u yerda puxta o‘rganilganidan so‘ng tibbiy xulosa beriladi», —deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring