Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda o‘qituvchi va shifokorlar uchun 100 ta uy-joy quriladi

Surxondaryoda o‘qituvchi va shifokorlar uchun 100 ta uy-joy quriladi

Surxondaryoda o‘qituvchi va murabbiylar hamda tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun Sherobod tumani hududidan 100 ta zamonaviy turar-joy quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu tumanda bo‘lib, jamoatchilik faollari bilan birgalikda mazkur uy-joylarning tamal toshini qo‘ydi va qurilish ishlariga start berdi.

Ushbu uy-joylarni tanlov asosida 50 nafardan jami 100 nafar samarali mehnat qilib kelayotgan, yurtimiz rivoji va aholi salomatligi yo‘lida ko‘plab shogirdlarni yetishtirayotgan halol va fidoyi o‘qituvchi hamda shifokorlarga Prezident nomidan sovg‘a qilinadi.

Saxovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan bunyod etilayotan ko‘p qavatli uy-joylarni 2024-yilning mart oyida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring