Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda aholi tomorqasidan taxminan 600 yillik xumlar topildi

Surxondaryoda aholi tomorqasidan taxminan 600 yillik xumlar topildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaroning tomorqasidan 4 dona qadimiy xumlar topildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi.

Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.

Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik qazishmalarda u yerdan yana uch dona xum topilgan.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring