Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» formatidagi vazirlar strategik muloqotida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy, Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo va Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniylar boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi. 

O‘zbekiston yetakchisining qabulida tomonlar bilan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish masalalarini ko‘rib chiqishgan.

Jumladan, Saudiya Arabistoni TIV rahbari bilan mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat va Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.

O‘mon Sultonligi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qo‘shma investitsiya kompaniyasining loyihalar portfelini kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

Bank sohasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi ustuvor yo‘nalishlarda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish taklif qilindi.

Shuningdek, Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo bilan yaqin fursatda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar, qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish borasida fikr almashildi.

Bahrayn Podshohligi delegatsiyasi bilan esa ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Siyosiy muloqotni faollashtirish hamda siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini tez fursatda ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring