Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari Qurbon hayiti bilan bir-birini dildan tabrikladilar. O‘zbekiston Prezidenti yangi Arqadag‘ shahri rasman ochilgani munosabati bilan ham Gurbanguli Berdimuhamedovni qutladi.

Muloqoti chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida savdo, investitsiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Barcha darajalarda samarali muloqotlar, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring