Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Respublikadagi barcha davlat oliygohlari to‘liq «Yashil energiya» axborot tizimiga kiritildi

Respublikadagi barcha davlat oliygohlari to‘liq «Yashil energiya» axborot tizimiga kiritildi

O‘zbekistondagi barcha davlat oliygohlarida yillik ehtiyojni to‘liq qoplash maqsadida joriy yilda 44,8 MVt quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Dastur tasdiqlangan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida davlat oliygohlarida jami 50 MVt quyosh panellari o‘rnatilib, «Yashil energiya» axborot tizimiga to‘liq kiritilgan va bu yillik rejaga nisbatan 112 foiz deganidir.

Shuningdek, davlat oliygohlari tomonidan tuzilgan shartnomalarga asosan 24,5 mlrd.so‘mlik 2,7 MVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Ushbu shartnomalar doirasida ob’yektlarga quyosh panellari o‘rnatish ishlari yakunlangandan so‘ng belgilangan reja 118 foizga (52,7 MVt) bajariladi va yiliga 105,5 mln.kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratilib, davlat oliygohlarining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji 100 foiz qoplanadi.

Shuningdek, 13 ta xorijiy oliygohlarda ham 916 kVt quvvatga ega bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi.

Qolaversa, oliy ta’lim muassasalari ob’yektlarida elektr energiyasini tejash maqsadida qator ishlarni amalga oshirish, jumladan, 50 058 kVt quvvatga ega quyosh panellari, 81 000 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari, 8 731 dona quyosh panelli tashqi yoritish uskunalari, 4 884 dona sensorli datchiklar va 620 711 dona LED lampalarini o‘rnatish orqali 8 oyda 20,8 mln. kVt/soat elektr energiyasi yoki 20 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring