Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshi shahridagi erkaklar salonida yong‘in chiqdi

Qarshi shahridagi erkaklar salonida yong‘in chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 27 may kuni kafe yonib ketgani aytilgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha soat 21:16 da Qarshi shahar FVBga Qarshi shahri Islom Karimov ko‘chasida joylashgan «Elbro» kafesi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, binoning 1-qavatida fuqaro I.E ga tegishli erkaklar saloni va pastki (podval) qismida «Elbro» kafesi joylashgan (ikkisi ham fuqaro I.E ga tegishli).

Yong‘in binoning kirish qismida vaqtincha foydalanish uchun qo‘shimcha yog‘ochdan qurilgan oshxonasidan kelib chiqgani taxmin qilinmoqda.

Sodir bo‘lgan yong‘in baland alangalanishi oqibatida erkaklar salonining ichki qismi va binoning yuqori qavatlari tashqi qismining tutundan qorayishiga olib kelgan, ichki qismiga zarar yetmagan.

Ma’lum bo‘lishicha fuqaro I.E ehtiyotsizligi natijasida yiqilib, oyoq qismidan yengil jarohat olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring