Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamoqdan chiqqan fuqarolarni ishga olgan tashkilotlarga davlat subsidiya ajratadi

Qamoqdan chiqqan fuqarolarni ishga olgan tashkilotlarga davlat subsidiya ajratadi

O‘zbekistonda 2023 yilning 1 oktyabridan boshlab jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, ish beruvchi tashkilotlar har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya olishi belgilangan.

Shuningdek, bu qaror bir qator tashkilotlar uchun mustasno ekani ham aytib o‘tilgan.

Jumladan:

– budjet tashkilotlari,

– davlat korxonalari,

– ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga subsidiya ajratilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring