Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘qon, Qorako‘l va Andijonda psixotrop dorilar aylanishiga chek qo‘yildi

Qo‘qon, Qorako‘l va Andijonda psixotrop dorilar aylanishiga chek qo‘yildi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.S. jami 173 dona «Zardeks» va «Fenobarbital» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini “Mustaqillik” MFY hududida o‘kazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «S.T.» MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona «Gabaten» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, «Q.S.» MChJga qarashli dorixona sotuvchisi A.R. hech qanday hujjatsiz 40 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro N.R.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 60 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

«Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring