Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga doir yig‘ilishi boshlandi

Prezidentning ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga doir yig‘ilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish soha uchun mas’ul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim o‘rinbosarlari faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqishdan boshlandi. Ta’lim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar sanab o‘tildi.

«Masalan, maktabgacha va maktab ta’limida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emas.

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlari maktabda ma’naviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘lmoqda», – dedi davlat rahbari.

Shu bois, o‘tgan hafta maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Ularning oldiga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha maktablarga yangi muhit olib kirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring