Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston–Qozog‘iston: ta’lim bo‘yicha yangiliklar kutilmoqda

O‘zbekiston–Qozog‘iston: ta’lim bo‘yicha yangiliklar kutilmoqda

O‘zbekiston hamda Qozog‘iston oliy ta’lim, ilm-fan yo‘nalishlarida hamkorlik bo‘yicha yangi qadamlarga hozirlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Qozog‘istonning yurtimizdagi elchisi Beybut Atamqulov uchrashuvida shu jihatlar muhokama qilindi.

Qozog‘iston elchixonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda ikki davlat oliy o‘quv muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar 471 tani tashkil etadi.

2023-yil dekabr oyi holatiga muvofiq, Qozog‘iston OO‘Mlarida 6721 nafar O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida esa 416 nafar Qozog‘iston fuqarosi tahsil olmoqda.

Davlat rahbarlari topshirig‘i hamda hukumatlararo kelishuvga asosan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida M.Avezov nomli Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining, Olmaota shahrida esa Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining filiali ochilishi rejalashtirilgan.

Vazir va elchi uchrashuvida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir shu kabi chora-tadbirlar holati va istiqboliga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hamda Qozog‘iston rahbariyati mamlakat taraqqiyotida ilm-fan va ta’limga ustuvor ahamiyat qaratayotgani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring