Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda oyning bir kuni «Teatr kuni» deb e’lon qilinishi mumkin

O‘zbekistonda oyning bir kuni «Teatr kuni» deb e’lon qilinishi mumkin

Prezident ishtirokida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida idora va muassasalarda oyning bir kunini «Teatr kuni» deb e’lon qilish taklif etildi. Xodimlarning teatrlarga borishini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

«Agar hozir «Qani, oxirgi bir oyda qaysi teatrga bordingiz, qanday yangi kitob o‘qidingiz?», deb so‘rasam, o‘ylaymanki, aksariyat rahbarlar xijolat bo‘lib qolishi mumkin.

Holbuki, rahbar-yetakchilar ijtimoiy dunyoqarash, madaniy saviya bo‘yicha boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari kerak»,– deydi Prezident.

Yig‘ilishda, shuningdek, madaniyat vazirligiga Teatr san’atini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish topshirildi.

Dasturda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha eng yaxshi pesa uchun ijodiy buyurtma berish, dramaturglarga 50 million so‘mdan qalam haqi to‘lash, ijodiy va yordamchi xodimlarning rivojlangan davlatlar teatrlarida mahorat oshirishini yo‘lga qo‘yish hamda yosh rejissyorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Mannon Uyg‘ur nomidagi mukofotni ta’sis etish nazarda tutiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring