Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda paxtachilikka mo‘ljallangan «MTZ» traktorlarini yig‘ish boshlanadi

O‘zbekistonda paxtachilikka mo‘ljallangan «MTZ» traktorlarini yig‘ish boshlanadi

O‘zbekistonda Belarus bilan hamkorlikda paxtachilikka mo‘ljallangan traktor yig‘uvchi zavod quriladi. Bu haqda «MTZ» OAJ bosh direktori Vitaliy Vovk Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Belarus va O‘zbekiston davlatlarining II forumi doirasida bergan intervyusida ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda bizning yaxshi dilerlik tarmog‘imiz bor. O‘tgan yili bu yerga 4 mingdan ortiq traktor yetkazib berdik. Bu so‘nggi yillardagi rekord ko‘rsatkich», – deydi Vitaliy Vovk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi tomonlar birgalikda traktorlar ishlab chiqarishni rivojlantirish niyatida. Joriy yilda sinov loyihasi ishga tushiriladi: Belarus va O‘zbekiston paxtachilikka mo‘ljallangan traktorlarni yig‘ish zavodini ishga tushiradi. Birinchi bosqichda 500 dona traktor komplektlarini keltirish reja qilinyapti.

«O‘zbekiston o‘z ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. Biz uchun O‘zbekistonda va balki qo‘shni davlatlar orasida ham talabgir traktorlar ishlab chiqarish juda muhim», – deya qo‘shimcha qildi Minsk traktor zavodi bosh direktori. 

Ma’lumot uchun, Toshkentda o‘tayotgan Belarus va O‘zbekiston hududlarining II forumida 80 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring