Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 3,5 barobarga oshirish niyatida

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 3,5 barobarga oshirish niyatida

Hukumatning joriy yil 14-fevralidagi 92-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq «O‘ztransgaz» AJ 2024-2030 yillarda Rossiyadan tabiiy gaz import qilishni 3,5 barobargacha oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Bunda xorijiy banklardan jalb qilinadigan 470 mln dollarlik mablag‘lar evaziga kompaniya shimoldan import qilinadigan tabiiy gazni qabul qilish hajmini oshirish bo‘yicha magistral gaz tizimini modernizatsiya qiladi hamda tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 mln kub metrgacha oshiradi. 

Eslatib o‘tamiz, hozirda «Gazprom»ning O‘zbekiston bilan ikki yillik shartnomasida kuniga 9 mln kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Bu yiliga taxminan 2,8 milliard kub metr tabiiy gaz import qilinadi, deganidir.

Rus gazi o‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga import qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring