Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan «Qambarota GES-1» qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan «Qambarota GES-1» qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika vazirliklari «Qambarota GES-1» qurilishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetika vazirlari Taalaybek Ibrayev va Jurabek Mirzamahmudov, Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Jandos Nurmaganbetov va O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev, shuningdek, quyi tashkilotlarning mas’ul rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Tomonlar «Yo‘l xaritasi»ni amalga oshirish jarayonini muhokama qildilar va hamkorlikning asosiy tamoyillariga oid hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirishga tayyorlashning asosiy bosqichlari kelishib olindi va navbatdagi yig‘ilishni shu oy oxirigacha o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring