Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili aholi jon boshiga umumiy daromad qancha bo‘lgani aytildi

O‘tgan yili aholi jon boshiga umumiy daromad qancha bo‘lgani aytildi

2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlar o‘rtacha 20 mln so‘mni tashkil qilgan.

Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmida Toshkent shahrida (44 mln 427,9 ming so‘m) hamda Navoiy (31 mln 445,6 ming so‘m), Buxoro (23 mln 480,3 ming so‘m) va Toshkent (20 mln 730,2 ming so‘m) va Xorazm (20 mln 076,6 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilganligi kuzatilgan.

Hisobot davrida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng quyi ko‘rsatkichlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (14 mln 570,7 ming so‘m), Namangan viloyati (15 mln 070,6 ming so‘m) va Farg‘ona (15 mln 716,5 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi esa o‘tgan yili 102,4 foizni tashkil etdi. Xuddi shu ko‘rsatkich 2022 yilning yanvar-dekabr holatiga 107,3 foizni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Toshkent shahri (7,6 foiz) Navoiy (5,7 foiz), Sirdaryo (4,4 foiz), Andijon (4,4 foiz) va Jizzax (4,3 foiz) viloyatlarida kuzatildi. Shu bilan birga Xorazm (-6,4 foiz), Surxondaryo (-0,8 foiz), Samarqand (-0,5 foiz), Buxoro (-0,4 foiz), Namangan (-0,3 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish sur’atlari pasayishi qayd etildi.

Ma’lumot uchun, aholining real umumiy daromadlari – aholining nominal umumiy daromadlarini tegishli davr uchun iste’mol narxlari indeksiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi.

Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 29,7 foiz ulushga ega bo‘lgan yollanma ishchilarning daromadlari va 34,3 foiz ulushga ega mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar hamda 26,7 foizni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring