Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odam savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik Istanbuldan deport qilindi 

Odam savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik Istanbuldan deport qilindi 

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda joriy yilning 6-may kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan, firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan, 1979-yilda tug‘ilgan Rahimov Ozod Sadulloyevich O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston IIVga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

«Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, konsullik keyingi vaqtlarda AQSh, Kanada yoki Yevropa davlatlariga borish uchun viza rasmiylashtirib berish vaji bilan firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan murojaatlar soni ortib borayotganini eslatib, fuqarolardan bu borada ham ogoh bo‘lishlarini so‘raydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring