Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norin va Sirdaryo daryolarida suv sathining keskin ko‘tarilishi kuzatiladi – mutaxassis

Norin va Sirdaryo daryolarida suv sathining keskin ko‘tarilishi kuzatiladi – mutaxassis

O‘zbekiston hududidan oqib o‘tuvchi Norin va keyinroq Sirdaryo daryolarida suv sathining keskin oshishi va uning ushbu daryo qirg‘oqlariga bo‘lgan xavfi kutilyapti.

Bu haqda gidrometeorolog mutaxassis Erkin Abdulahatov ma’lum qilmoqda.

Mutaxassisning bildirishicha, bu joriy yil 15-dekabr kuni Qirg‘izistonning «To‘xtag‘ul» suv omboridan sekundiga 800 metr kubgacha suv tashlangani bilan bog‘liq. 

«Dekabr oyi ikkinchi o‘n kunligi o‘rtalaridan boshlab sovuq antitsiklon Qirg‘iziston hududlaridan chuqur o‘tishi ularda tokka bo‘lgan ehtiyojni haddan tashqari oshirib yubordi.

Natijada «To‘xtag‘ul» gidroagregatlarida ko‘proq tok ishlab chiqarish uchun suv omboridan sekundiga 800 metr kubgacha suv tashlandi. Bu so‘ngi 10 kunlik ichida suv omboridan ikki barobar ko‘p miqdorda suv tashlash ko‘rsatkichidir», – deb yozadi mutaxassis.

Uning eslatishicha, Namangan viloyati hokimining joriy yil 15-dekabr kuni Norin daryosining Norin tumani Guliston uchastkasidan kesib o‘tgan qismida qirg‘oq mustahkamlash, damba ko‘tarish ishlarini joyiga borib ko‘zdan kechirgani bejiz emas. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring