Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda «Qizil kitob»ga kiritilgan ona-bola jayronni o‘ldirgan shaxslar ushlandi

Navoiyda «Qizil kitob»ga kiritilgan ona-bola jayronni o‘ldirgan shaxslar ushlandi

Navoiy viloyatida «Qizil kitob»ga kiritilgan ona-bola jayron o‘tib o‘ldirilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyatida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi «Niva» rusumli avtomashina tekshirilganda, mashina yukxonasida 2 dona otilgan «Qizil kitob»ga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlangan.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q. Sh. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIB ga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring