Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabiga uzoqdan qatnaydiganlar uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

Maktabiga uzoqdan qatnaydiganlar uchun bepul avtobus yo‘lga qo‘yiladi – loyiha

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti.

Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasida belgilab qo‘yildi.

Qayd etilishicha, mazkur tartibni to‘liq, sifatli va so‘zsiz amalga oshirilishiga viloyat hokimliklari mas’ul bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring