Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vaziri Yangi yil arafasida faxriylar holidan xabar oldi

Madaniyat vaziri Yangi yil arafasida faxriylar holidan xabar oldi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yangi yil arafasida bir guruh ustoz san’atkorlar, tizimda uzoq yillar faoliyat yuritgan va hozir nafaqada bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj mehnat faxriylari holidan xabar olib, ularga bayram sovg‘alarini topshirdi.

O‘zbekiston xalq artisti Gulsara Yoqubova joriy yilda 86 yoshni qarshiladi. 1965-2003 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining «Lazgi» ashula va raqs ansambli solisti bo‘lib faoliyat yuritgan ushbu san’atkor 1968 yilda mazkur ansamblga rahbarlik qilgan.

Gulsara Yoqubova nafaqat betakror ovoz sohibi, balki sahnada Salomat («Toshbolta oshiq»), Jonsuluv («Ko‘ngil qizlari»), Shakaroy («Ishqing bilan») kabi rollarni ijro etgan mahoratli aktrisadir. U 35 yildan ortiq ijodiy faoliyati orqali o‘zbek milliy san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan, buning uchun yuksak unvonlar bilan taqdirlangan.

2022 yil «Turkiston» san’at saroyida ustoz san’atkor tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab, yubiley konserti bo‘lib o‘tgandi. O‘sha kuni Gulsara Yoqubova «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishonibilan taqdirlangan.

Miniatyuralar teatridagi chiqishlari orqali tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Roza Karimova ayni paytda 87 yoshda. Uzoq yillar milliy teleradiokompaniyada faoliyat yuritgan ustoz-san’atkor bugun farzandlari, nabira-evaralari bag‘rida keksalik gashtini surmoqda.

Shu kuni O‘zbekiston xalq artistlari Gulnora Mavayeva, «Bahor» raqs ansambli faxriysi Roza Adambayeva, vazirlikning faxriy xodimlari Hayotulla Solihov hamda Shirin Karimovaxonadonida bo‘lib, ularni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring