Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Konstitutsiyada advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob ajratiladi – loyiha

Konstitutsiyada advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob ajratiladi – loyiha

Bugun, 27-fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida «Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar — olimlar nigohida» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishda muhokama qilinayotgan Konstitutsiya loyihasida prokuraturaga oid konstitutsiyaviy normalar qanday alohida bobda aks ettirilgan bo‘lsa, xuddi shunday advokaturaga bag‘ishlangan yangi bob kiritilayotganligi ma’lum qilindi.

Bu orqali ayblov va himoyaning tom ma’noda tengligini ta’minlashning mustahkam konstitutsiyaviy asoslari yaratiladi, deya ta’kidlandi tadbirda.

Qayd etilishicha, Konstitutsiyada jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmoqda. Advokatura faoliyati esa qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Advokatura faoliyatini tashkil etish va uning tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘sqinliksiz va holi uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Eng muhimi, advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring