Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kelgusida avgust oyi «Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi» deb e’lon qilinishi mumkin

Kelgusida avgust oyi «Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi» deb e’lon qilinishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Davlat rahbari murojaatini O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z murojaatida keyingi yillarda qatag‘onga uchragan vatandoshlar nomining oqlangani tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi yangi qadam ekanini ta’kidlaydi.

«Keyingi yillarda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan 1 ming 30 dan ziyod mustabid tuzum qatag‘oniga uchragan vatandoshlarimiz nomi oqlangani tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi.

Ayni vaqtda, yurtimizda har yili avgust oyini «Qatag‘on qurbonlarini yod etish oyi» sifatida o‘tkazish, fidoyi vatandoshlarimiz va ularning avlodlari yashagan va yashayotgan xonadonlarga yodgorlik lavhalari o‘rnatish, ularning vorislari hamda yaqin kishilariga hurmat-e’tibor ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Mahalla idoralarida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi burchaklari» va «Mahalla xotira kitoblari»ni tashkil etish, har yili kamida 100 nafar qatag‘on qurboni hamda jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini aks ettiradigan to‘plam tayyorlash rejalashtirilgan», – deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring