Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karaoke klubidagi yong‘inda jabrlangan quvaliklarga 10 mln so‘mdan ajratildi

Karaoke klubidagi yong‘inda jabrlangan quvaliklarga 10 mln so‘mdan ajratildi

Joriy yilning 29-iyul kuni Farg‘ona shahrida joylashgan to‘rt qavatli binoning podval qismida sodir bo‘lgan baxtsiz xodisa va uning natijasida 6 kishining vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Vafot etganlarning ikki nafari Quva tumanidan bo‘lgan.

Xalq deputatlari Quva tumani Kengashining 31-iyuldagi tegishli qarori bilan mazkur voqeada qurbon bo‘lgan va jabrlangan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish haqida qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-aprel kungi 213-F-son Farmoyishiga asosan tumanda tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasida shakllangan pul mablag‘lari hisobidan (har bir oilaga) bir martalik 10 million so‘m miqdorida bo‘lgan pul mablag‘i ajratiladi.

Qaror matnida keltirilishicha, mazkur baxtsiz hodisada tuman hududida yashovchi ikki nafar yigit vafot etgan, bir nafar yigit va bir nafar qiz esa jiddiy jarohatlangan. Ularning barchasi 18 yoshda bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring