Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Joriy yilgi mavsumda jami 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirildi – statistika

Joriy yilgi mavsumda jami 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirildi – statistika

2023 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 foizga ko‘p.

Don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Farg‘ona viloyati egalladi. Uning, don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 foizdan oshgan.

Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8 foiz), Qashqadaryo (11,3 foiz), Andijon (9,0 foiz), Samarqand (8,3 foiz) va Jizzax (8,2 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past ulush, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,1 foiz) va Navoiy viloyati (3,6 foiz) da kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring