Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jayron bolasi asrab qolindi

Jayron bolasi asrab qolindi

Muborakneftgaz «Medline» MChJ xodimlari tomonidan Qorovulbozor tumani «Bo‘zachi» MFY Janubiy kemachi hududidan cho‘lda adashib qolgan bir bosh jayron bolasi holsiz holda yotganligi yuzasidan Qorovulbozor tuman inspeksiyasiga xabar kelib tushgan.

Xabarni olgan tuman inspeksiyasi hamda Jayron pitomnigi xodimlari murojaat  kelib tushgan manzilga zudlik bilan borib, jayron bolasini olishgan.

Ayni paytda jayron bolasi Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga  topshirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring