Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya O‘zbekiston chorvachiligiga 90 mln yevro investitsiya kiritadi

Italiya O‘zbekiston chorvachiligiga 90 mln yevro investitsiya kiritadi

Italiya chorvadorlar uyushmasi, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘z sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 40 000 a’zoga ega. Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma O‘zbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega.

Jumladan, Toshkent viloyatida dunyodagi eng yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan. Fermer xo‘jaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy o‘g‘it va go‘sht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring