Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

FIFA O‘zbekistonda 4,2 mln dollarlik to‘rtta stadion quradi

FIFA O‘zbekistonda 4,2 mln dollarlik to‘rtta stadion quradi

Prezidentning joriy yil 8-aprelda imzolangan O‘zbekistonda ommaviy va professtonal futbolni rivojlantirishga oid qarorida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do‘stlik» stadionida 2022–2023-yillarda 4 ta zamonaviy futbol maydoni qurish uchun 4,2 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratgan.

Shuningdek, 2023–2024-yillarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «Do‘stlik» stadioni hududida futbol bo‘yicha barcha yosh toifasidagi terma jamoalar shug‘ullanishi uchun budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Terma jamoalar markazi ham quriladi.

Bunda, Terma jamoalar markazida 280 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, mini-futbol uchun yopiq sport maneji, ilmiy-tadqiqot, tibbiyot va reabilitatsiya markazi, suzish havzasi, oshxona binolari qurilishi, shuningdek, ushbu binolarda Respublika bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi joylashtirilishi inobatga olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring