Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onadagi zavodda elektromobillar qachondan ishlab chiqarilishi aytildi

Farg‘onadagi zavodda elektromobillar qachondan ishlab chiqarilishi aytildi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida «Central Asia Motors» korxonasida bo‘lib, korxonada 2021-2022-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

5 million dollar tadbirkorning o‘z mablag‘lari, 5 million dollar bank krediti hamda 40 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga jami 50 million dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan ushbu loyiha to‘liq yakunlansa, 350 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi. Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov elektromobillarni yig‘ish va sinovdan o‘tkazish sexlari, ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumot berdi. Tadbirkor viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini ma’lum qildi.

Tadbirkorning Ekoshahar hududida «Akva-park» – bolalar uchun o‘yingoh barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taklifi viloyat hokimi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring