Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada xizmat xonasida qimor o‘ynagan mas’ullar jarimaga tortildi

Farg‘onada xizmat xonasida qimor o‘ynagan mas’ullar jarimaga tortildi

Bir muddat oldin Farg‘onada hokimlik xodimlari qimor o‘ynayotgani aks etgan surat tarqalgan va keyinchalik ularning o‘z vazifasidan ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.

Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidovning Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, 26-oktyabr, payshanba kuni mazkur shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud tergovida aniqlanishicha, Uchko‘prik tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshqaruvchisi D.D., tumandagi Oqsuv mahallasi hokim yordamchisi O.Q., tuman Moliya bo‘limi boshqaruvchisi R.S. va fuqaro R.A. lar joriy yil 26-avgust kuni soat 18:00 larda Uchko‘prik tumanida Bog‘i-Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan D.D. ga tegishli bo‘lgan tikuv fabrikasi binosida belgilangan tartibni buzib, o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynagan.

Huquqbuzarlar sudda, sodir etgan huquqbuzarlik harakatiga iqror bo‘lib, haqiqatdan ham yuqoridagi holat sodir bo‘lganligini, hozirda esa qilgan ishidan pushaymonligini bildirib ko‘rsatuv bergan.

Sud, mazkur shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 191-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularga BHMning 3 (uch) baravari miqdorida, ya’ni 990 ming jarima jazosi tayinladi.

Sud hukmiga ko‘ra, jarima davlat foydasiga undiriladi.

O‘z navbatida, sud qaroridan norozi taraflarning qaror e’lon qilingan, huquqbuzarlar qaror nusxasini olgan kundan boshlab yigirma sutka ichida Farg‘ona viloyat sudiga apellyasiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqi borligi tushuntirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring