Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada 247 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgan ayol qo‘lga tushdi

Farg‘onada 247 tup ko‘knori yetishtirib kelayotgan ayol qo‘lga tushdi

Joriy yil 31 may kuni Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilishi natijasida 247 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab kelayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘shtepa tumani «Katta Boltako‘l» mahalla hududida yashovchi A.S ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 247 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab ketayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring