Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi eski namunadagi «prava»ni onlayn almashtirish mumkin

Endi eski namunadagi «prava»ni onlayn almashtirish mumkin

Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YaIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin.

Buning uchun:

  • Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va ariza yuboradi;
  • Ariza shakllantirish jarayonida foydalanuvchining ID karta yoki biometrik pasportidagi rasmdan foydalanishga rozilik bildiradi, rasmdan foydalanishni rad etgan taqdirda yangi rasmga tushish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga tashrif buyuradi;
  • Kompyuter yoki mobil telefon yordamida imzo chekadi;
  • To‘lovlar amalga oshiriladi (BHMning 70 foizi – ya’ni 210 000 so‘m) va qo‘shimcha to‘lov (25 000 so‘m) evaziga pochta xizmati orqali ikki ish kunida haydovchilik guvohnomasi arizachi bergan manzilga yetkazib beriladi.

Agar fuqaro guvohnomani o‘zi borib olishni istasa, arizada belgilangan DXMga tashrif buyuradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring