Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXMlarda «prava»larni yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

DXMlarda «prava»larni yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatildi

DXMlarda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, bunga IIV tomonidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida «Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi» joriy qilinganligi munosabati bilan, 1-5-sentyabr kunlari texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilayotgani sabab bo‘lgan.

«Shu sababdan, YIDXP va Davlat xizmatlari markazlarida, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish va boshqa avtotransport vositasiga bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtinchalik to‘xtatiladi», – deyiladi xabarda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qo‘shimcha xabar berilishi aytildi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring