Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro SSB tug‘uruq paytida vafot etgan ayol yuzasidan munosabat bildirdi

Buxoro SSB tug‘uruq paytida vafot etgan ayol yuzasidan munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik ayol farzandini dunyoga keltirish vaqtida vafot etgani aytilgan videomurojaat tarqaldi. Murojaatda erkak mazkur voqeaga tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligini sabab bo‘lganini aytadi.

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Boshqarmaning bildirishicha, marhuma Z.Ochilova 1992-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan.

U 2024-yil 12-dekabr soat 21:50 da kuchli shamollash alomatlari – yo‘tal, yuqori tana harorati, qog‘onoq suvlarining ketishi hamda umumiy holsizlik holatida RIO va BSIATM DM Buxoro filiali (Perinatal markaz)ga qabul qilingan.

Bemorda ushbu homiladorlik kamqonlik fonida kechgan. Homiladorlikning 14 haftalik muddatida (2024 yil 14-iyunda) jigar exinokoki tashxisi bilan operativ davolangan.

Kerakli barcha klinik laborator, instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Kerakli mutaxasislar (pulmonolog, terapevt) konsultatsiyasi o‘tkazilgan. Rentgenografiyada o‘ng tomonlama bronxopnevmoniya aniqlangan.

Shundan so‘ng mutaxassislar tomonidan konsilium asosida Z.Ochilovaga standartlarga ko‘ra kerakli davo buyurilgan, kuzatuv davom ettirilgan. Ayolda tug‘ruq milliy standart asosida olib borilgan, operativ tug‘ruqqa ko‘rsatma bo‘lmagan.

13-dekabr kuni tana haroratining 38 darajagacha ko‘tarilishi kuzatilgan. Kerakli dorilar buyurilgan. Kelishilgan shifokorlar konsiliumidan keyin tor mutaxasislar pulmonolog va jarrox shifokor ko‘ruvi tashkil qilingan. 

Щsha kuni soat 12:30da esa muntazam tug‘ruq dardlari, 14:25da jadallashgan tug‘ruq kuzatilgan.

Vazni 4,1 kilo bo‘lgan qiz jinsli chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng ayol 250ml qon yo‘qotgan va bachadon gipotoniyasi kuzatilgan. Shu paytning o‘zida ayol ahvoli birdan yomonlashib nafas yetishmovchiligi belgilari kuzatilgan. Teri qoplamlari rangpar tusga kirib, sianoz paydo bo‘lgan.

Zudlik bilan reanimatologlar va kerakli mutaxasislar chaqirilgan.

Bemor sun’iy nafas apparatiga ulangan va intensiv reanimatsion chora-tadbirlar boshlangan. Bemorda kardiomonitorda yurak fibrilyasiyasi aniqlangan. Yurak faoliyatini tiklash va fibrilyasiyani oldini olish maqsadida kerakli preparatlar qo‘llangan. Puls periferiyada aniqlanmagan. Yurak faoliyatini tiklash maqsadida defibrilyasiya va yurak bevosita massaji qilingan.

Soat 15:05da bemor axvoli og‘irlashib, nafas yetishmovchiligi, teri sianozi kuchaygan. Ammo 40 minutlik o‘tkazilgan o‘pka-yurak reanimatsion chora-tadbirlari natijasida yurak faoliyati tiklanmagan. Ayolda o‘sha kuni soat 15:15da biologik o‘lim qayd qilingan.

Marhuma Sud tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan va o‘lim sababi qog‘onoq suvlari emboliyasi ekani tasdiqlangan.

Holat yuzasidan Buxoro davlat tibbiyot institutining professor-mutaxassislari ishtirokida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan va Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining mutaxassislari ishtirokida chuqur muhoqama qilingan.

Tibbiy hujjatlar yuritilishida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar - markaz 2-tug‘ruq bo‘limi mudiri S.Rabiyevga hamda davolovchi akusher-ginekolog Z. Musinovaga o‘rtacha oylik maoshidan 30 foiz jarima qo‘llanilib, boshqa bo‘limga rotatsiya qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring