Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eksport bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvlari 3 barobar qisqartiriladi – loyiha

Eksport bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvlari 3 barobar qisqartiriladi – loyiha

Manfaatdor vazirlik va idoralarga 2023-yilning avgustiga qadar mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvini 3 barobar qisqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Bu haqda 2023-yilgi Davlat dasturi loyihasining 28-maqsadida belgilab qo‘yilmoqda.

Unga ko‘ra, eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab olgan – «Eksport uch qadamda» tizimi joriy etiladi.

Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:

  • eksport shartnomasini shakllantirish;
  • tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;
  • bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.

Ma’lumot uchun, Davlat dasturi loyihasining 28-maqsadi bu, Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring