Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bog‘»lardagi attraksionlarda 4 yilda 4 kishi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan

«Bog‘»lardagi attraksionlarda 4 yilda 4 kishi baxtsiz hodisa qurboni bo‘lgan

2019-2023-yilni birinchi yarim yilligi mobaynida attraksionlar bilan bog‘liq jami 11 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan va buning oqibatida to‘rt nafar inson vafot etgan.

«Yuritimizda faoliyat ko‘rsatayotgan aksariyat attraksionlar xavfsizlik va texnik talablarga javob bermasligi natijasida turli avariya va baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda», – deb yozmoqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda respublikamizdagi mavjud attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi amaldagi  2 ta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar mavjud.

Biroq, ushbu hujjatlarda respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibi shuningdek, suv attraksionlari hamda havo bilan dam berib shishirilgan attraksionlardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish talablari sohasida xuquqiy bo‘shliqlar mavjud bu esa o‘z navbatida mazkur yo‘nalishda davlat siyosatini aniq belgilashda muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu bois Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining «Attraksionlarni o‘rnatish va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i loyihasi ishlab chiqildi. 

Mazkur qoidalar barcha turdagi attraksionlar, shuningdek, yordamchi qurilmalar uchun texnik talablarni qo‘llash va amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni hamda ushbu talablar bilan bog‘liq montaj qilish, sozlash va foydalanish jarayonlarini shuningdek, respublikadagi mavjud attraksionlarni markazlashtirilgan reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Ma’lumot uchun, Respublikada jami 148 ta madaniyat va istirohat bog‘lari mavzud bo‘lib, ularda 1 993 ta attraksion faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring