Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Axsikent yodgorligidan noyob tangalar va ming yillik Damashq qilichlari topildi (foto)

Axsikent yodgorligidan noyob tangalar va ming yillik Damashq qilichlari topildi (foto)

Axsikentdan noyob tangalar, Qoraxoniylar davriga oid betakror devoriy suratlar va ming yillik Damashq qilichlari topildi

Ming yil avvalgi mashhur qilichlar topilgani va ularning Vatani aynan Axsikent ekani bizni hayratlantirmay qo‘ymaydi. Xitoy manbalarida Axsikent shahristoni darvozalari oltindan bunyod etilgani haqida yozilgan. Mahalliy aholi o‘rtasida ushbu darvoza Sirdaryo tubida qolib ketgani haqida rivoyatlar yuradi. Ular albatta tarixiy haqiqatlarga asoslangan, - deya o‘z fikrini yozadi xorijiy ekspertlar.

Axsikentda tayyorlangan Damashq qilichlari, Shaxristonning oltin darvozasi, noyob tangalar va Axsikent yodgorligidan topilgan Afrosiyob va Varaxshadagi kabi Qoraxoniylar davriga oid betakror devoriy suratlar haqida National Geographic turkum ko‘rsatuvlar tasvirga oladi

Ayni kunlarda arxeologlar To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Restavratorlar guruhi tomonidan devoriy suratlar va ganchkorlik buyumlarini ta’mirlanmoqda buyumlar muzeyga qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring