Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avval o‘n yilga «kesilgan» erkak yana ikki yilga qamaldi

Avval o‘n yilga «kesilgan» erkak yana ikki yilga qamaldi

Birinchi turmush o‘rtog‘ining o‘z joniga qasd qilishigacha olib borgan erkak ikkinchi xotinini ham muttasil qiynab kelgani aniqlandi.

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida 49 yoshli Otabek Pirimov 2012-yilda Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topilib, o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan. U qonuniy nikohidagi xotinini muttasil do‘pposlab, qiynab kelgan. 4 nafar farzandining onasiga o‘ta shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lib, ayolninig badaniga qasddan og‘ir tan jarohatlari yetkazgan. Turmush o‘rtog‘i sog‘ligining yomonlashuviga va ruhiy zo‘riqishda qolishiga sabab bo‘lgan. Shafqatsiz xatti-harakatlari bilan xotinining o‘z joniga suiqasd qilishigacha olib borgan. Yuqoridagi ayblar bilan Otabek Pirimov jazo muddatini o‘ta og‘ir tartibli koloniyalarda o‘tagan.

2023 yilda qo‘shni mahallada yashovchi Feruza Temirova bilan shar’iy nikohdan o‘tib, qonuniy nikohsiz bir oilada yashab kelgan. Ikkinchi ayol bilan turli kelishmovchiliklar sabab o‘zaro tortishib kelgan. O‘rinsiz rashk tufayli Feruza Temirovani ham bir yil davomida muttasil urib, do‘pposlab, kaltaklab kelgan. Bosh miya chayqalishi, hali yelka, hali qo‘l yoki oyoq suyaklari sinishi bilan poliklinikama-poliklinika qatnab kelgan ayol eri urganini yashirib, tan jarohatlarini ehtiyotsizligi tufayli orttirib olganini aytib kelgan.

Biroq, erning xurmacha qiliqlari kun sayin ortib borgan. Oxir-oqibat erning o‘ta shafqatsizlarcha ayolini qiynab kelayotgani oshkor bo‘lgan. U ojiz ahvoldagi ayolga turli uydirmalar bilan bosim va tazyiq o‘tkazib kelgan. Badanining turli a’zolariga qasddan shikast yetkazilayotgani ayol ruhiy zo‘riqishlar ostida qoldirgan. Eri tomonidan oxirgi tepkilash va qiynoqlardan ezilgan Feruza turmushidagi ko‘ngilsizliklar haqida o‘z onasiga aytib bergan. Onasi esa kuyovining avvalgi xotinini ham muttasil qiynab kelgani va oxir-oqibat ayolining o‘z joniga qasd qilishigacha olib borgani haqida eshitgan. Feruza Temirova bu haqda huquq tartibot organlariga ham bildirishga majbur bo‘lgan.

«Aybdor Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan sudlandi. U tayinlangan ikki yillik jazo muddatini manzil koloniyalarda o‘taydigan bo‘ldi», - dedi Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi raisi Bobur Umarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring