Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aldov yo‘li bilan BAAga olib ketilgan 2 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Aldov yo‘li bilan BAAga olib ketilgan 2 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Aldov yo‘li bilan Birlashgan Arab Amirligiga olib ketilgan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol o‘z yurtiga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2023 yil 9 sentyabr kuni O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga yordam so‘rab murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolari M.M. va K.D.ga BAAda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik diplomatlar va faol vatandoshlar amaliy yordam ko‘rsatgan.

Ayollarning aytishicha, ular firibgarlik yo‘li bilan ushbu mamlakatga olib kelinib, pasportlari olib qo‘yilgan. Ularga ish va’da qilgan shaxs vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilgan.

Bosh konsullik tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ayollarning pasportlari qaytarilib, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlangan. Ularga O‘zbekistonga bepul aviachipta taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring