Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuriy Shatunov «Oq atirgullar» va «Oqsoch tun»ni boshqa kuylamaydi

Yuriy Shatunov «Oq atirgullar» va «Oqsoch tun»ni boshqa kuylamaydi

Foto: «Instagram»

«Laskoviy may» guruhining xonandasi, yaqinda og‘ir operatsiyalarni o‘tkazgan Yuriy Shatunov guruhni butunlay tark etdi va endi eski qo‘shiqlarni ijro etmaslika qaror qildi. Bu haqda jamoa rahbari va prodyuseri Andrey Razin xabar berdi.

«Bundan buyon Yuriy Shatunov guruh repertuaridagi qo‘shiqlarni boshqa kuylamaslikka ahd qildi. U faqat o‘zining qo‘shiqlarini kuylaydi. U «Laskoviy may»ni tark etdi», — deb yozdi Razin «Instagram»dagi rasmiy akkauntida.

Uning aytishicha, Shatunov ancha ommalashgan «Belie rozi», «Sedaya noch», «Rozoviy vecher» singari ko‘plab qo‘shiqlarini boshqa kuylamaydi. Bu shuni anglatadiki, endi Shatunovning konsertiga chipta sotib olganlar u yozgan yangi qo‘shiqlarni tinglashadi.

Razinning aniqlik kiritishicha, xonanda «ulg‘ayganini va konsertlarda eski qo‘shiqlarini aytishni istamasligini» ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring