Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuridik universitet mas’ul rahbari javobgarlikka tortildi

Yuridik universitet mas’ul rahbari javobgarlikka tortildi

Foto: «Xabar.uz»

Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmagani sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

Qayd etilishicha, prokuratura idoralari tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda madaniy merosni muhofaza qilish, ulardan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy o‘rganishlar o‘tkazib borilmoqda.

Poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, XIX asrga oid betakror arxitektura yodgorligi bo‘lgan (sobiq Erkaklar va Ayollar gimnaziyasi) Toshkent Davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib qayd etish taxtachalari o‘rnatilgani va atroflari bo‘yalgani, sovutkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatilgani aniqlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 31.03.2022 yilgi qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring