Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonanda Sardor Mamadaliyev, «Qarg‘ish» va 66 million so‘m jarima

Xonanda Sardor Mamadaliyev, «Qarg‘ish» va 66 million so‘m jarima

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik sudi 15-sentyabr kungi hal qiluv qaroriga ko‘ra, da’vogar Asadulla Jo‘rayev javobgar Sardor Mamadaliyevni sudga bergan. Bu haqda «Bahodir Ahmedov» kanali xabar qildi.

Da’voga ko‘ra, «Qarg‘ish» she’ri asosida xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan kuylab kelingan «Ota-onamning duosi» nomli qo‘shiq matni muallifi Asadulla Jo‘rayev hisoblanadi. «Qarg‘ish» da’vogar tomonidan 1990-yilda yozilgan. Da’vogar isbot sifatida u 1990 yilgi «Sharq yulduzi» jurnalining 9-sonida ilk bor bosib chiqilganini bildirgan.

Shoir bir necha bor qo‘shiqchiga bu haqda murojaat qilgan. Ammo xonanda qalam haqi bermagan, buning ustiga muallifni ovora qilgan. Oqibatda shoir uni sudga berib, mualliflik huquqlarini buzganligi uchun suddan BHMning 400 baravari miqdorida tovon puli, 50 mln so‘m ma’naviy zarar undirishni so‘ragan.

Sud majlisiga bir necha bor chaqirilganiga qaramay, Sardor Mamadaliyev biror marta kelmagan. Sudda qatnashgan Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti mutaxassisi ushbu holat o‘rganilgani va she’r shoirga tegishli ekanligini bildirgan.

Taraflarning ko‘rsatmalari, dalillarni o‘rgangan sud Sardor Mamadaliyevdan Asadulla Jo‘rayev foydasiga BHMning 200 baravari (66 mln so‘m) tovon puli, 15 mln so‘m ma’naviy zarar va 3,3 mln so‘m davlat boji undirishga qaror chiqargan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring