Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virtual muzey. U qanday ishlaydi?

Virtual muzey. U qanday ishlaydi?

Turkiyaning «Topkapi» saroyida «Yangi O‘zbekiston madaniy burchagi»ni tashkil etish masalalarini muhokama qilish va MDHga a’zo davlatlar madaniy merosi bo‘yicha virtual muzeyi Nizomi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ekspert yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Madaniyat vazirligi delegatsiyasi 25-28-fevral kunlari Minsk va 28-fevral-2-mart kunlari Istanbul shahrida bo‘ladi.

Virtual muzey (virtual - mumkin bo‘lgan, yashirin) — haqiqatda mavjud bo‘lgan muzey (muzey saytlari) yoki haqidagi elektron axborot vositalari orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Virtual muzeylar elektron axborot vositalari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv xususiyatlardan foydalanish bilan tavsiflanadi: foydalanuvchi uch o‘lchamli zallar orqali «harakat qilishi» mumkin, har qanday ma’lumot va tasvirlarni olishi mumkin. Muhim jihatlardan yana biri saytga tashrif buyuruvchilar bilan doimiy qayta aloqa ta’minlanadi.

MDH mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyining noyob imkoniyatlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:

- Real dunyoda mavjud bo‘lmagan virtual muzey zallarini yaratish imkoniyati;

- Bir tur doirasida turli mamlakatlarda joylashgan har xil eksponatlarni birlashtiruvchi virtual 3D turlar yaratish imkoniyati;

- Turli eksponatlarni birlashtiruvchi virtual ekskursiyalar orqali xalqlarning tarixiy va madaniy merosi bilan chuqur tanishish imkoniyati;

- Tarixiy va madaniy markazlar, yodgorliklar, hududlarning virtual sayohatlarini yaratish imkoniyati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring