Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand hokimi viloyat teatr jamoalariga avtobuslar sovg‘a qildi

Samarqand hokimi viloyat teatr jamoalariga avtobuslar sovg‘a qildi

Foto:«O‘zA»

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi to‘rt teatr jamoasiga zamonaviy «Isuzu» avtobuslari sovg‘a qildi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda. 

 Erkinjon Turdimov  viloyatdagi madaniyat dargohlari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga joriy yilda alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlagan. Viloyatdagi to‘rt davlat teatri binolari, xodimlar va tomoshabinlar uchun yaratilgan shart-sharoit o‘rganilib, zamonaviy imkoniyat va qulayliklar yaratilishi bildirilgan.

Foto:«O‘zA»

Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatr direktori I.Sultonovning aytishicha, endi viloyatning olis hududlaridagi ta’lim muassasalariga borib, bolalar uchun o‘z spektakllarimizni namoyish eta olish imkoniyati bo‘ladi.

E.Turdimov shuningdek, Samarqand viloyati musiqali drama teatriga borib, bu yerda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring