Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘tgan kunlar»dagi Yusufbek Hojining pasporti «topildi»

«O‘tgan kunlar»dagi Yusufbek Hojining pasporti «topildi»

Jurnalist Shoxira Hamro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» asari qahramonlaridan biri bo‘lgan Yusufbek Hojining pasporti topilgani haqida xabar qoldirdi.

«O‘tgan kunlar» romani qahramonlari real hayotda yashagan odamlar bo‘lishgan ekan. Ularni buyuk adibimiz shaxsan tanigan, bu shubhasiz.

Mana bu ko‘rib turganingiz Yusufbek Hojining ruslar tomonidan berilgan pasporti. Yana bir narsa e’tiborimni tortdi. Ism-familiyadan keyin, «sart» deb yozib qo‘yibdi. Ushbu manbani topgan rejissyorimiz Dildora Hasanovaga raxmat», — deyiladi xabarda.

Hozircha ushbu hujjat bo‘yicha tarixchi olimlarning fikri ma’lum qilinganicha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring