Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliard dollarlik asarlar sotiladi — tarixdagi eng yirik san’at asarlari auksioni

Milliard dollarlik asarlar sotiladi — tarixdagi eng yirik san’at asarlari auksioni

Pol Allen jamg‘armasida bo‘lgan Pol Sezanning «Sent-Viktuar tog‘i» kartinasi 100 mln dollardan qimmat sotilishi kutilmoqda.

AQShda tarixdagi eng yirik san’at asarlari kimoshdi savdosi o‘tkaziladi, milliard dollarlik san’at asarlari sotilishi kutilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Microsoft hamasoschisi Pol Allenning jamg‘armasidagi asarlar kimoshdiga qo‘yiladi. Bottichellidan tortib, XX asr impressionistlari rassomlari Devid Hokni va Roy Lixtenshteynlar ijodiga mansub kartinalar sotiladi.

AQShda noyabr oyida o‘tkaziladigan auksionga jami 150 ta san’at asari qo‘yilmoqda.

Christie’s auksionlar uyi ma’lum qilishicha, sotuvdan tushgan pullar, Pol Allen vasiyat qilganidek, xayriyaga sarflanadi.

Pol Allen to‘rt yil muqaddam saratondan vafot etgan. U 65 yoshda edi.

Pol Allen.
Foto: Nastroy

Pol Allen va Bill Geyts birgalikda 1975-yili «Microsoft» kompaniyasiga asos solishgan. Saratonga chalinganidan keyin Allen aksiyalarning katta qismini saqlab qolgan holda kompaniyani tark etishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring